23/08/2024

      2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga koʻra, axborot va aloqa tarmogʻining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi 2,6 % ni tashkil etgan.

      Mazkur tarmoq yalpi qoʻshilgan qiymati tarkibida asosiy ulush aloqa xizmatlariga (simli va mobil aloqa xizmatlari, internet tarmogʻi va boshqalarga) toʻgʻri kelib, 44 % ni tashkil etgan.

      Tarmoqda yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymatning qolgan 56 % i axborot va aloqaning boshqa tarmoqlari (nashriyot faoliyati, kompyuter dasturlashtirish sohasidagi faoliyat, dasturlar yaratish boʻyicha faoliyat, telekoʻrsatuv va radio-eshittirish v.b.) hissasiga toʻgʻri kelgan.