O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 4- mart sanasidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 114- son qarori ijrosini ta’minlash hamda aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda tanlab olingan tumanning mahalla xaritalari yordamida tajriba tariqasida tumanning tashkiliy rejasini tuzish ishlari amalga oshirilmoqda.