2024 - yilning yanvar - iyul oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 74,8 % i to‘g‘ri kelib, 2023 - yilning mos davri ko‘rsatkichiga nisbatan 0,7 % punktga ko‘paydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 1 956 332,2 mln. so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2023 - yilning mos davriga nisbatan 113,3% ni tashkil etdi.
MA’LUMOT UCHUN: joriy hisobot davrida kichik korxona va mikrofirmalarning eng yuqori ulush ko‘rsatkichi Jizzax shahri (1 077 089,6 mln. so‘m, yoki umumiy hajmga nisbatan 87,1%), Sh.Rashidov (361 545,9 mln. so‘m yoki 87,9%) va Paxtakor (72 030,3 mln. so‘m yoki 72,3%) tumanlarida qayd etildi.