Toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish – toʻqimachilik tolasini tayyorlash va yigirish, shuningdek, toʻqimachilik gazlamalarini va tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, toʻqmachilik mahsulotlariga va kiyimlarga bezak berish, kiyimlardan tashqari tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni oʻz ichiga oladi.
2024- yilning yanvar-iyun oylarida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 14,8 % ni tashkil etgan, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan fizik hajm indeksi 11,4 % ga koʻpayib, ishlab chiqarish hajmi 1 936,4 mlrd. so‘m ga to‘g‘ri keldi.