16/08/2024

      Xalqaro statistika kongressi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti barcha davlatlarga davriy ravishda aholini roʻyxatga olishni oʻtkazishni tavsiya etadi. Mazkur tavsiyalarga koʻra davlatlar har 10 yilda kamida bir marotaba aholini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazadi.

      Aholini roʻyxatga olish sanasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi, lekin aholini roʻyxatga olish sanasida uning hududidan tashqarida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari- Respondentlar hisoblanadi.

      Respondentlar quyidagi huquq va majburiyatlarga ega.

      oʻzining shaxsga doir maʼlumotlari nima maqsadda yigʻilayotganini, ushbu maʼlumotlardan kimva qanday tarzda foydalanishini bilish;

      oʻzi uchun toʻldirilgan roʻyxatga olish varaqlari bilan tanishib chiqish, roʻyxatga olish varaqlariga kiritilgan shaxsga doir maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligini aniqlashtirish;

      Roʻyxatga oluvchi xodimlardan tegishli guvohnomasini koʻrsatishni talab qilish, rad etilgan taqdirda esa-roʻyxatga olish varagʻidagi savollarga javob bermaslik;

      Roʻyxatga olish varagʻining shakliga binoan shaxsga doir ishonchli maʼlumotlarni taqdim etish huquqiga ega.

      Respondentlar aholini roʻyxatga olishni oʻtkazishga monelik qilmasligi shart.

Do'stlik tuman statistika boʻlimi