Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda “Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaror bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid barcha choralarni raqamli texnologiyalar asosida taqdim etishga o‘tishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi. “Ijtimoiy karta” axborot tizimini joriy etish orqali ijtimoiy to‘lovlar va subsidiyalar, ijtimoiy xizmatlar va yordamlarni tayinlash, taqdim etish, monitoring qilish va baholash jarayonlarini, shuningdek, aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning ijtimoiy xususiyatga ega boshqa barcha choralarini bosqichma-bosqich to‘liq avtomatlashtirish;
Ijtimoiy yordamga muhtoj toifadagi fuqarolarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda ularning ijtimoiy xizmatlardan, yordam va to‘lovlardan, shuningdek davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning boshqa choralaridan foydalanish uchun hujjatlarni yig‘ish zaruratini bekor qilish kabi vazifalar belgilab berildi. Seminar davomida ishtirokchilar faol ishtirok etishdi.