Dastlabki ma’lumotlarga asosan, 2024-yilning yanvar–iyun oylarida respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 1 704 ming tonna kartoshka yetishtirilgan.
Ushbu koʻrsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 2 % ga oʻsgan.
Kartoshka yetishtirish umumiy hajmining eng yuqori ulushi Samarqand viloyati (18,6 %) hissasiga toʻgʻri kelgan.
Shuningdek, Surxondaryo (13,3 %), Fargʻona (12 %) va Andijon (11 %) viloyatlarida ham kartoshka yetishtirishning yuqori koʻrsatkichlari qayd etilgan.