26/07/2024

      Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda “Intellektual mulk sohasida nazorat xaridini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror mazmun-mohiyati to‘g‘risida tashkil etildi.

      Qarorning quydagi qisimlariga alohida to‘xtalib o‘tildi: Nizom iste’mol tovarlari, dori vositalari, tibbiy buyum va tibbiy texnika hamda mualliflik huquqi (turdosh huquqlar) obyektlarini (keyingi o‘rinlarda — tovarlar) realizatsiya qilish jarayonida intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladigan nazorat xaridini amalga oshirish tartib-taomillarini belgilaydi.

       Ushbu Nizomga muvofiq nazorat xaridi O‘zbekiston Respublikasida huquqiy muhofazaga olingan intellektual mulk obyektlariga oid huquqbuzarlikni aniqlash maqsadida savdo nuqtalarida (bozorlar, savdo do‘konlari, ko‘chma savdo shoxobchalari, dorixonalar va boshqalar) realizatsiya qilinadigan tovarlarni xarid qilish hisoblanadi. Yig‘ilish davomida xodimlar savollar bilan murojaat qilishdi, savollar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.