08/08/2024

     2024-yil yanvar-iyun oylarida tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 7,6 % ni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 2023- yilning mos davriga nisbatan 4,8 % ga kamaydi. 

        Viloyatning boshqa xorijiy davlatlar bilan TSAsi 2024- yilning yanvar iyun oylarida 2023-yilning mos davriga nisbatan 4,8 % ga ko‘paydi va jami TSAdagi ulushi 92,4 % ni tashkil etdi. 

        Viloyatning MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2024-yil yanvar-iyun oylarida 77 130,2 ming AQSH dollarini tashkil etdi. Shundan eksport 55 933,5 ming AQSH dollariga yetgan boʻlsa, import 23 196,7 ming AQSH dollari qiymatida qayd etildi.