2024- yil 1- iyul holatiga ko‘ra, faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy korxonalar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,2 foizga kamaydi. Xususiy tadbirkorlik subyektlari o‘sish sur’atlarining o‘tgan yilga nisbatan ko‘payishiga sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish (107,1 foiz), qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi (91,2 foiz), savdo (83,1 foiz), tumanlar kesimida esa, Paxtakor (113,7 foiz), Forish (89,0 foiz) va Jizzax shahar (86,0 foiz) tumanlari ta’sir ko‘rsatmoqda.