Respondentlar — aholini ro‘yxatga olish sanasida O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi, lekin aholini ro‘yxatga olish sanasida uning hududidan tashqarida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari.
Respondentlar tomonidan so‘rovnomada ishtirok etish jarayoni ko‘rsatilgan bo‘lib, ushbu so‘rovnomada turar joy ma’lumotlari (turar joy joylashgan hudud va uning xususiyatlari), uy xo‘jaligi a’zolari tomonidan foydalaniladigan vositalar, uy xo‘jaligi a’zolarining tarkibi va ma’lumotlari, ushbu turar joyda vaqtinchalik yashayotgan shaxslarning doimiy manzili bo‘yicha ma’lumotlar kiritiladi.
So‘rovnoma savollariga javoblar ularning toifasiga qarab, Respondent tomonidan qo‘lda kiritiladigan (son yoki harflardan foydalangan holda, masalan ko‘cha nomi, uy raqami), ro‘yxatdan tanlab kiritiladigan (masalan, hudud nomi, jinsi) yoki taqvimdan foydalangan holda (masalan, tug‘ilgan vaqti) ma’lumot kiritish mumkin. Shuningdek, ushbu so‘rovnomada savollar toifasiga qarab majburiy to‘ldiriladigan (masalan, turar joy yoki shaxsga taalluqli savollar) va to‘ldirilishi majburiy emas bo‘lgan (masalan, uy xo‘jaligi a’zolari tomonidan ishlatiladigan vositalar) savollarga ajratiladi.
Ushbu so‘rovnomada bir-biriga zid keluvchi javob variantlari tanlanmasligi uchun qo‘shimcha mantiqiy nazoratlar o‘rnatilgan bo‘lib, ushbu mantiqiy nazoratlar to‘ldirilayotgan so‘rovnomalarning sifatini oshirish uchun xizmat qiladi.
Ushbu mantiqiy nazoratlarga misol tariqasida quyidagilarni keltirish mumkin:
- 16 yoshdan kichik bo‘lgan shaxslardan nikoh holati so‘ralmaydi;
- 7 yoshdan kichik bo‘lgan shaxslar uchun maktabgacha ta’lim tashkilotiga bog‘liq ma’lumotlar so‘raladi;
- Shaxsiy korxonasiga ega bo‘lgan shaxslar yollanib ishlaydigan xodim sifatida ko‘rsatib bo‘lmaydi;
- 7 yoshdan kichik bo‘lgan shaxslardan qo‘shimcha suhbatlasha oladigan til haqida ma’lumotlar kiritish majburiy emasligi;
- va boshqa mantiqiy nazoratlar.
Respondentlar har bir shakllning tegishli savollariga javoblarni kiritganlaridan so‘ng, so‘rovnoma sahifasining pastgi qismida keltirilgan “Keyingi shaklga o‘tish” tugmasini bosgan holda, keying shakl savollariga javoblarni kiritishlari mumkin bo‘ladi. So‘rovnomaning so‘ngi sahifasida esa sahifaning pastki qismida “Saqlash” tugmasini bosgan holda so‘rovnomani yakunlashlari mumkin bo‘ladi.
So‘rovnoma yakunlangandan so‘ng, Respondentlarga Aholini ro‘yxatga olish so‘rovnomasida muvaffaqiyatli o‘tganlari haqida xabar, to‘ldirilgan so‘rovnomaning ID raqami va maxsus QR -kod taqdim etiladi.