11/07/2024

      Joriy yilning 11-iyul kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasida xodimlari uchun STATA dasturidan foydalanish va ish jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha seminar tashkil etildi. 

      Mazkur vebinarda xodimlarga STATA dasturidan foydalanish va ish jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalar berildi. 

      Shuningdek, dasturdan foydalanish hamda maʼlumotlar xavfsizligi masalalari amaliy misollar bilan tushuntirildi va ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan atroflicha javob berildi.

      Muloqot yakunida hududiy statistika bo’lim xodimlariga dastur bilan ishlash bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar havolalari taqdim etildi.