Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati qoidalari buzilishiga doir chiqarilgan qaror va yuborilgan xabarnomalar yuzasidan davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga elektron murojaat qilishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror mazmun-mohiyati to‘g‘risida tashkil etildi.
Qarorning quydagi qisimlariga alohida to‘xtalib o‘tildi: mamlakatimizda yo‘l harakati qoidalari buzilishiga oid huquqbuzarliklar bo‘yicha fuqarolarni xabardor qilishni raqamlashtirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, hozirgi kunda yo‘l harakati qoidalarining buzilish holati yuzasidan chiqarilgan qaror va yuboriladigan xabarnomalar bo‘yicha fuqarolar tomonidan murojaat qilishda ortiqcha ovoragarchiliklar kelib chiqmoqda.
Bu borada yo‘l harakati qoidalari buzilishiga doir chiqarilgan qaror va yuborilgan xabarnomalar yuzasidan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga elektron murojaat qilish tizimini joriy etish zarurati yuzaga kelmoqda. Yig‘ilish davomida xodimlar savollar bilan murojaat qilishdi, savollar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.