04/07/2024

      So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab - quvvatlash hamda ishbilarmonlik muhitini sifat jihatdan yaxshilash bo‘yicha qabul qilingan qaror va farmonlari, shuningdek, bu sohaga berayotgan katta eʼtiborlari natijasida 2020-2024- yillarning yanvar-mart oylari davomida jami 5620 ta kichik korxona va mikrofirma yangidan tashkil etildi. Yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar sohalar kesimida tahlil qilinganda, eng ko‘p yangi subyektlar savdo sohasida – 1729 (yoki 30,8 %) ta, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 1398 (yoki 24,9 %) ta, sanoat sohasida –1192 (yoki 21,2 %) ta, xizmatlar sohasida – 981 (yoki 17,4 %) ta,, va qurilish sohasida – 320 ( yoki 5,7 %) tani tashkil etgan.