04/07/2024

      2024- yil 1- iyun holatiga ko‘ra Jizzax viloyatida axborot va aloqa sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar 237 tani tashkil etdi. Noshirlik faoliyati, kino-videofilmlar, televizion dasturlar, fonogrammalar va musiqali yozuvlarni ishlab chiqish yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni axborot va aloqa sohasining 12,2 foizini tashkil etib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 116,0 foizni tashkil etdi. Dasturlar yaratish bo‘yicha faoliyat va teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar hamda aloqa yo‘nalishlaridagi korxonalar soni axborot va aloqa sohasining 20,3 foizini tashkil etib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 49,0 foizni tashkil etdi. Kompyuter dasturlashtirish va axborot xizmati ko‘rsatish yo‘nalishlarida esa korxonalar soni, axborot va aloqa sohasidagi korxona va tashkilotlarning 67,5 foizini tashkil etib, o‘sish sur’ati 109,6 foizni tashkil etdi.