03/07/2024

      2024- yil 1- iyun holatiga koʻra, Jizzax viloyatida 179 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat koʻrsatmoqda. 

      Keyingi besh yilda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 5,8 foizga kamaydi. Yetakchi o‘rinni 69 ta korxonada to‘liq yoki qisman ulushi mavjud bo‘lgan Turkiya egallagan. Bu viloyatda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar umumiy sonining 38,5 foiz ulushini tashkil etadi. Shuningdek, O‘zbekiston iqtisodiyotiga o‘z kapitalini kiritayotgan Xitoy (ulushi 25,7 foiz), Rossiya Federatsiyasi (ulushi 22,3 foiz) va Angliya (ulushi 7,3 foiz) davlatlari ham yetakchi hisoblanadi.