03/07/2024

      2024-yilning yanvar-may oylarida jami 7,4 ming nafar chet el fuqarolari oʻqish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

      Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,9 ming nafarga yoki 65,2 % ga oshgan.

      Joriy yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga oʻqish maqsadida kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:

      Hindiston — 2 241 nafar;

      Turkmaniston — 1 937 nafar;

      Tojikiston — 950 nafar;

      Qirgʻiz Respublikasi — 450 nafar;

      Pokiston — 273 nafar;

      Janubiy Koreya — 266 nafar;

      Xitoy — 266 nafar;

      Afgʻoniston  — 147 nafar;

      AQSH — 132 nafar;

      Qozogʻiston — 122 nafar;

      Boshqa davlatlar — 618 nafar.