01/07/2024

      2024- yil yanvar-may oylarida import tarkibida sanoat mahsulotlari tovarlari hajmi 11 152,1 ming AQSH dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 4,5 % ga ko‘paydi hamda importning umumiy hajmidagi ulushi 1,4 % ga yetdi.

      Sanoat mahsulotlari importi asosan yigirilgan ip, matolar, tayyor buyumlar va shunga oʻxshash mahsulotlar (3 739,7 ming AQSH dollari), cho‘yan va po'lat (2 698,7 ming AQSH dollari), metallardan tayyorlangan buyumlar (2 035,1 ming AQSH dollari), rezina buyumlari (507,7 ming AQSH dollari) va boshqalardan tashkil topgan.