2024- yil yanvar-may oylarida 53 519,5 tonna meva va sabzavotlar eksporti amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatgich 2023- yilning mos davriga nisbatan 2,5 martaga yoki 36 490,5 tonnaga ko‘paydi. Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Qozog‘iston (81,3 %), Xitoy (4,8 %), Pokiston (4,3 %) hamda Afg‘oniston (1,8 %) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.