07/06/2024

Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati to‘g‘risida tashkil etildi.Qarorning quydagi qisimlariga alohida to‘xtalib o‘tildi: Respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: ochiq muloqotni yuqori saviyada o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy chora-tadbirlarni tezkor va sifatli amalga oshirish, bu borada ekspert guruhlari, hududiy ishchi guruhlar, mas’ul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish; tadbirkorlar murojaatlari va takliflarini tunu kun qabul qilish va umumlashtirish, tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, tadbirkorlarning alohida masalalarini joylarda tezkorlik bilan hal qilishni tashkil etish;

hududlarda tadbirkorlar bilan muloqot haftaliklarini tashkil etish, ochiq muloqotni o‘tkazish joyi va muddati bo‘yicha takliflar va ishtirokchilar ro‘yxatini shakllantirish hamda Tadbirkorlar kunini keng nishonlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Yig‘ilish davomida xodimlar savollar bilan murojaat qilishdi, savollar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.