06/06/2024

      2024-yilning 20–24-may kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori oʻrinbosari A.Ikramov boshchiligidagi delegatsiya Koreyaning “Statistics Korea” idorasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi oʻrtasida 2011-yil 24-avgustda statistika sohasida hamkorlik toʻgʻrisida imzolangan anglashuv memorandumi doirasida oʻzaro tajriba almashish uchun Koreyaning “Statistics Korea” idorasiga xizmat safariga borib qaytishdi. 

      4 - iyun kuni boshqarma majlislar zalida delegatsiya tarkibida ushbu davlatga xizmat safarida bo‘lgan Jizzax viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i D.Mulladjanovning olingan tajribalar va safar natijalari yuzasidan taqdimoti o‘tkazildi.

      Taqdimot davomida “Statistics Korea” idorasi va Statistika agentligi oʻrtasidagi hamkorlik yoʻnalishlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Xususan, Koreya “Statistika treyning instituti” va “Statistik tadqiqotlar instituti” faoliyati, tarkibiy tuzilmasi, institutning shakllanish tarixi, oʻquv dasturlari, xalqaro treyning dasturlari, malaka oshirish tizimi, oʻquv qoʻllanmalari, ilmiy-tadqiqotlar yoʻnalishlari, ularni amaliyotga joriy etish mexanizmlari bilan yaqindan tanishildi. Shu bilan birgalikda, kuzatilmaydigan iqtisodiyotni baholash boʻyicha Koreya tajribasi, hududiy statistika organlari faoliyati, statistikani shakllantirish amaliyoti, iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha statistik maʼlumotlarni yigʻish va ularni tahlil qilish usullari bilan yaqindan tanishtirildi.

                                                                                                                                                                                                                            Axborot xizmati