05/06/2024

2024 - yilning yanvar - aprel oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 65,8 % i to‘g‘ri kelib, 2023 - yilning mos davri ko‘rsatkichiga nisbatan 5,5 % punktga kamaydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 905 640,1 mln. so‘mni tashkil etib o ‘sish sur’ati 2023 - yilning mos davrigaiga nisbatan 110,5 % ni tashkil etganligi qayd etildi.