31/05/2024

Boshqarmada o‘tkazilgan “Siyosiy-ma’rifat soati” va targ‘ibot tadbirida haftaning muhim yangiliklari hamda “Tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etish tartiblarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2024-yil 24-mayda qabul qilingan PQ-193-sonli qaror mazmun-mohiyati to‘g‘risida tashkil etildi.Qarorning quydagi qisimlariga alohida to‘xtalib o‘tildi: qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash va qo‘shimcha rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi (keyingi o‘rinlarda — reyting) joriy etilgan.

Qarorga asosan yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar (keyingi o‘rinlarda — qo‘llab-quvvatlash choralari) ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda quyidagi tartibda joriy etiladi. Yig‘ilish davomida xodimlar savollar bilan murojaat qilishdi, savollar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

\