17/05/2024

Boshqarmada o‘tkazilgan “Siyosiy-ma’rifat soati” va targ‘ibot tadbirida haftaning muhim yangiliklari hamda “Suv xo‘jaligida zamonaviy boshqaruv tizimini joriy qilish va rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash to‘g‘risida”gi 2024-yil 7-mayda qabul qilingan PF-74-sonli qarori mazmun-mohiyati to‘g‘risida tashkil etildi. Qarorning quydagi qisimlariga alohida to‘xtalib o‘tildi: “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha asosiy maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash, shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib, suv xo‘jaligida zamonaviy boshqaruvni joriy qilish maqsadida ushbu qaror qabul qilingan.Suv xo‘jaligi vazirligi barcha manbalar bo‘yicha yagona suv balansini yurituvchi hamda Davlat suv kadastrini tashkil etish va yuritishga oid ishlarni muvofiqlashtiruvchi davlat organi etib belgilangan. Yig‘ilish davomida xodimlar savollar bilan murojaat qilishdi, savollar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.