Boshqarmada o‘tkazilgan targ‘ibot tadbiri va “Siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024-yil 28-martda qabul qilingan VM-165-sonli qarori mazmun-mohiyati to‘g‘risida tashkil etildi.Qarorning quydagi qisimlariga alohida to‘xtalib o‘tildi: davlat xizmatlari ko‘rsatishda ortiqcha talablar va tartib-taomillarni qisqartirish hamda soddalashtirish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini yaxshilash borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, tadbirkorlardan kelib tushayotgan murojaatlardan kelib chiqib, ularga davlat xizmatlaridan foydalanishda ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytirish zarurati yuzaga kelmoqda.
Tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestrini kreditorlar uchun zarur bo‘ladigan qo‘shimcha ma’lumotlar bilan to‘ldirish, reyestrdan ko‘chirma olish yig‘imi miqdorini kamaytirish belgilangan. yuridik shaxslarning vakolatxona va filiallarini tashkil etish (tugatish) haqida davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organni xabardor qilish tartibini joriy etish ko‘rsatilgan. Yig‘ilish davomida xodimlar savollar bilan murojaat qilishdi, savollar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.