11/06/2024

      Norasmiy sektorda qurilish ishlarining ulushi 16,7 % ni yoki 7 855,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 116,4 % ni tashkil etdi. Shundan 6 229,4 mlrd. so‘mi yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga to‘g‘ri kelib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 123,7 % ni, jismoniy shaxslar tomonidan noturar-joylar qurilishi 867,5 mlrd. so‘mni va 87,7 % ni, yakka tartibdagi turar-joylarni ta’mirlash ishlari 758,3 mlrd. so‘mni va 104,8 % ni tashkil etdi.