19/06/2024

      2024-yilning yanvar-aprel oylarida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 3021,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 7,2 % ga o‘sdi. Jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 126,2 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 90,0 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 2 136,3 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 116,4 %), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 759,4 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 109,3 %) tashkil etdi.