Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oylarida sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 24,7 % ni tashkil etdi, shundan eng koʻpi kichik korxonalar va mikrofirmalar boʻlib – 19,8 % ni tashkil qildi.
Hududlar kesimida esa Surxondaryo viloyati yetakchi oʻrinni egallab, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 53,7 % ni tashkil etdi.