2024-yilning yanvar-mart oylarida jami 1 263 ming nafar oʻzbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 365,6 ming nafarga yoki 40,7 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-mart oylarida turistik maqsadlarda chet elga ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:
Qirgʻiz Respublikasi — 559,1 ming nafar;
Tojikiston — 260,8 ming nafar;
Qozogʻiston — 184,1 ming nafar;
Saudiya Arabistoni — 70,6 ming nafar;
Rossiya — 50,3 ming nafar;
BAA — 38,5 ming nafar;
Turkiya — 34,4 ming nafar;
Quvayt — 13,8 ming nafar;
Misr — 8,2 ming nafar;
Tailand — 6,2 ming nafar;
Boshqa davlatlar — 37,1 ming nafar.