05/06/2024

      Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 2 209,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 6,6 % ga o‘sdi. Jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 94,0 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 87,2 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 2 115,6 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 107,7 %), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 564,9 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 113,8 %) tashkil etdi.