27/03/2024

Viloyat bo‘yicha 2024- yilning yanvar-fevral oylarida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 202,7 mlrd. so‘mni yoki 2023- yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 122,4 % ni tashkil etdi. Shu jumladan, 12 bozor va 12 bozor (chorva) (oylik) kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, dehqon bozorlarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning uy xo‘jaliklarida yetishtirgan mahsulotlarini sotish hajmi 179,3 mlrd. so‘mni (150,0 %), chorva mollari va parrandalar sotuvchi jismoniy shaxslarning savdo aylanmasi hajmi 207,2 mlrd so‘mni tashkil etdi (121,0 %).