Respublikamizda joriy yilning 1-mart holatiga koʻra, sanoat sohasida 110 851 ta korxonalar roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, ularning oʻsish surʻati 2023-yilning mos davriga nisbatan 103,1 % ni tashkil etdi.Soʻnggi yillarda ushbu sohada roʻyxatdan oʻtgan korxonalarning dinamikasi quyidagicha (1-mart holatiga):
2020-yilda – 76 931 ta;
2021-yilda – 91 829 ta;
2022-yilda – 97 966 ta;
2023-yilda – 107 561 ta;
2024-yilda – 110 851 ta.