23/02/2024

Boshqarmada o‘tkazilgan “Siyosiy-ma’rifat soati” va targ‘ibot tadbirida haftaning muhim yangiliklari hamda “O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2024-yil 16-yanvardagi O‘RQ-896-sonli qonuni mazmun-mohiyati to‘g‘risida tashkil etildi.Qonunning quydagi qisimlariga alohida to‘xtalib o‘tildi: intellektual mulk ob'ektlarining ishonchli huquqiy himoya qilinishini ta'minlashga va sifatli davlat xizmatlari ko‘rsatishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga mamlakatimizda odil sudlov va qonun ustuvorligini mustahkamlash, aholiga professional xizmat ko‘rsatadigan ixcham va samarali boshqaruv apparatini yaratish, aholining huquqiy muammolarini hal etishda adliya organlarining tutgan o‘rni va mas'uliyatini yanada kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining zimmasiga intellektual mulk ob'ektlarini himoya qilish hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida qo‘shimcha vazifalar yuklatildi.Yig‘ilish davomida xodimlar savollar bilan murojaat qilishdi, savollar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.