Oʻzbekistonda 2024-yil 1-fevral holatiga koʻra, 418 710 ta tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) faoliyat koʻrsatmoqda.Ular iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:
savdo sohasida – 157 241 ta
sanoat sohasida – 68 578 ta
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 36 703 ta
qurilish sohasida – 34 381 ta
yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 28 360 ta
tashish va saqlash sohasida – 17 798 ta
axborot va aloqa sohasida – 10 357 ta
sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat koʻrsatish sohasida – 9 613 ta
boshqa sohalarda – 55 679 ta