Tadbirkorlik subyektlariga statistika hisobotlarini taqdim etishda yanada qulay muhit yaratish hamda ko‘p sonli respondentlarning takliflarini inobatga olgan holda, taqdim etish muddati 2024- yil 27- fevral sanasi etib belgilangan quyidagi statistika hisobot shakllarini taqdim etish muddati 2024- yil 5- mart (seshanba) (o‘z ichiga olgan holda) sanasiga uzaytirildi:
1- kb (yillik) shakli “Mikrofirma va kichik korxonalarning 2023-yil uchun hisoboti” (mazkur hisobotlarning barcha ilovalari bilan birga);
1-fx (yillik) shakli “Fermer xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida 2023-yil uchun hisoboti”;
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ushbu hisobotlarni belgilangan muddatdan kechikmasdan taqdim etilishini respondentlardan so‘rab qoladi.