Boshqarmada o‘tkazilgan “Siyosiy-ma’rifat soati” va targ‘ibot tadbirida haftaning muhim yangiliklari hamda “O‘zbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi VM-424-sonli qaror mazmun-mohiyati to‘g‘risida tashkil etildi.Qarorning quydagi qisimlariga alohida to‘xtalib o‘tildi: O‘zbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlari to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:xodimlarni xizmat safariga yuborish tartibi; xizmat safariga yuboriladigan xodimga xizmat safari bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish; xizmat safariga yuborilgan xodimlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash; xizmat safariga ketayotgan va xizmat safaridan qaytayotgan shaxslarni ro‘yxatga olish bo‘yicha maxsus elektron jurnallar yuritish tartibi.
Nizom tashkilotlarning xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlariga yuborish, xizmat safari bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish, xizmat safariga ketayotgan va xizmat safaridan qaytayotgan shaxslarni ro‘yxatga olish bo‘yicha maxsus elektron jurnallarni yuritish hamda xizmat safariga yuborilgan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash tartibini belgilaydi. Yig‘ilish davomida xodimlar savollar bilan murojaat qilishdi, savollar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.