31/01/2024

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida jami qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi 404 648,6 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 103,9 % ni tashkil etgan.

Xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlillar, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari umumiy hajmining 63,1 % i – dehqon va tomorqa xoʻjaliklariga, 29,8 % i – fermer xoʻjaliklariga, 7,1 % i – qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga toʻgʻri kelganligini koʻrsatmoqda.