26/01/2024

Boshqarmada o‘tkazilgan “Siyosiy-ma’rifat soati” va targ‘ibot tadbirida haftaning muhim yangiliklari hamda “2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida”gi 886-sonli qonun mazmun-mohiyati to‘g‘risida tashkil etildi.Qonunnning quydagi qisimlariga alohida to‘xtalib o‘tildi: Ushbu Qonunning maqsadi 2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjetini shakllantirish va ijro etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan (bundan buyon matnda respublika budjeti deb yuritiladi) ushbu Qonunga muvofiq ajratiladigan budjet mablag‘laridan faqat 2024 moliya yili davomida foydalaniladi va ular kelgusi moliya yiliga o‘tkazilmaydi deb belgilangan. Yig‘ilish davomida xodimlar savollar bilan murojaat qilishdi, savollar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.