19/01/2024

Joriy yilning 19-yanvar kuni o‘tkazilgan “Siyosiy-ma’rifat soati” va targ‘ibot tadbirida haftaning muhim yangiliklari hamda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 883-sonli qonun mazmun-mohiyati to‘g‘risida tashkil etildi.Qonunnning quydagi qisimlariga alohida to‘xtalib o‘tildi: demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizasiya qilish maqsadida parlament hamda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirishga, saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi.Shu bilan birga parlament hamda mahalliy vakillik organlarining faoliyatida siyosiy partiyalarning rolini yanada kengaytirish, vakillik organlariga saylangan deputatlar va senatorlarning parlament hamda mahalliy vakillik organlari faoliyatidagi mas'uliyati va faolligini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini takomillashtirish hamda uning samaradorligini oshirish, saylov komissiyalari tizimini maqbullashtirish va markazlashgan saylov organlari tizimini shakllantirish, ularning professional tayyorgarligi oshirilishini ta'minlash zaruriyati yuzaga kelmoqda. Yig‘ilish davomida xodimlar savollar bilan murojaat qilishdi, savollar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.