18/01/2024

2023- yilda YAHMning o‘sishi hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir. O‘sish sur’atlari qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 104,0 % (YAHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi ulushi – 49,2 %), sanoatda – 107,4 % (16,9 %), qurilishda – 107,2 % (5,2 %), xizmatlar sohasida – 105,0 % ni (28,7 %) tashkil etdi. Xizmatlar sohasi tarkibida o‘sish sur’atlari savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda 112,0 % (6,3 %), tashish va saqlash, axborot va aloqa 109,5 % (3,4 %), boshqa xizmat tarmoqlarida 102,2 % dan (19,0 %) iborat bo‘ldi.