2023-yilning yanvar-noyabr oylarida taʼlim sohasidagi xizmatlar hajmi 18 159,8 mlrd. soʻmni yoki koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 4,3 % ini tashkil etgan.2022-yil yanvar-noyabriga nisbatan oʻsish surʼati 122,9 % darajasida qayd etilgan.
Hududlar kesimida taʼlim sohasidagi xizmatlar hajmi, mlrd. soʻm:
Qoraqalpogʻiston Resp. – 680,4
Andijon viloyati – 984,2
Buxoro viloyati – 998,1
Jizzax viloyati – 401,3
Qashqadaryo viloyati – 802,5
Navoiy viloyati – 385,9
Namangan viloyati – 819,2
Samarqand viloyati – 1 422,2
Surxondaryo viloyati – 721,8
Sirdaryo viloyati – 213,7
Toshkent viloyati – 693,9
Fargʻona viloyati – 1 135,3
Xorazm viloyati – 670
Toshkent shahri – 8 231,3