12/01/2024

Vatan himoyasi – muqaddas burch. Uni asrab-avaylamoq, har bir qarich yerini koʻzga toʻtiyo aylamoq tomirida milliy gʻurur va Vatan ishqi joʻsh urib turgan har bir yurt farzandining muqaddas vazifasidir.

Jizzax viloyati Statistika boshqarmasi jamoasi Vatan himoyachilari kuni bilan barchani muborakbod etadi.

Muhtaram hamkasblar!

Sizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz.

Bugun bayram. Vatan himoyachilari kuni. Bu kun qalbida ona-Vatanga muhabbati, sadoqati jo‘sh urib turgan har bir insonning bayrami. O‘zgacha bo‘lishi ham mumkin emas. Zero, shu yurtning haqiqiy jonkuyari, mard va jasur, sadoqati samimiy bo‘lgan har bir Vatan posbonini ushbu bayram bilan muborakbod etamiz.

 Bayram kunlarida barchamiz Vatan, xalq va armiya biri-biriga naqadar yaqin va mushtarak ekanini har qachongidan ham teran his etmoqdamiz.

Amalga oshirilayotgan tub islohotlar natijasida milliy armiyamiz tezkor va ixcham, har qanday tahdidlarga munosib zarba berishga qodir boʻlgan jangovar kuchga aylanib bormoqda.

Hurmatli hamkasblar! Butun xalqimiz bilan birgalikda keng nishonlayotgan bugungi shonu sharaf ayyomi — Vatan himoyachilari kuni bilan yana bir bor tabriklar ekanmiz, sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, faoliyatingizda ulkan yutuqlar tilaymiz.

 

 

Jizzax viloyati Statistika boshqarmasi jamoasi