15/12/2023

Boshqarmada 2023-yil 15-dekabr kuni o‘tkazilgan "Siyosiy-ma’rifat soati" va targ‘ibot tadbirida haftaning muhim yangiliklari hamda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 878-sonli qonun va “Farmatsevtika faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 879-sonli qonun mazmun-mohiyati to‘g‘risida tashkil etildi.Seminarda qonunning quydagi qisimlariga alohida e’tbor qaratildi: tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiyotda sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va aholi salomatligini saqlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga “Insonning sha’ni va qadr-qimmati uchun” tamoyili asosida aholi salomatligini ta’minlash maqsadida kontrafakt va sifatsiz tovarlarni ishlab chiqarish hamda ularning muomalaga kiritilishiga barham berish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish zaruriyati yuzaga kelmoqda.Mamlakatimizda aholini sifatli, samarali va xavfsiz farmatsevtika mahsulotlari bilan ta’minlash, farmatsevtika tarmog‘iga ilg‘or ilmiy-texnika yutuqlarini va innovatsiyalarni joriy etish, tarmoqda ishlab chiqarish hajmini oshirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Yig‘ilish so‘ngida xodimlar savollar bilan murojaat qilishdi, savollar bo‘yicha to‘liq tushunchalar berildi.