Respublikamizda ilk bora oʻtkazilayotgan aholini roʻyxatga olish tadbiri bizga nima beradi?
Aholi punktlari boʻyicha aholining aniq soni, yoshi, jinsi, fuqaroligi, milliy tarkibi, oilaviy ahvoli, maʼlumoti, kasbi, uy-joy bilan taʼminlanganlik darajasi, yashash sharoitlari, mehnat resurslari, bandligi va ishsizligi, daromad manbalari kabilar boʻyicha batafsil maʼlumot toʻplanadi.
Binobarin, mazkur koʻrsatkichlar orqali aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan makroiqtisodiy koʻrsatkichlar hisoblanadi.Har bir maʼmuriy-hududiy birliklar kesimida yaʼni, viloyat, tuman, shahar, shaharcha va qishloqlardagi aholining aniq soni, mamlakatni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishda sohalar boʻyicha manzilli dasturlarning tayyorlanishi, jon boshiga yalpi hududiy va yalpi ichki mahsulot hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlarni shakllantirish uchun ilmiy izlanishlarda foydalanish, xorijiy investorlarni jalb qilish, milliy barqaror rivojlanish maqsadlari boʻyicha indikatorlarning shakllanishi, xalqaro reytinglarda Oʻzbekistonning oʻrnini oshirish, Respublika, viloyat va tuman darajasidagi byudjetlarni aniq shakllantirilishida foydalaniladi.Oʻz navbatida, Respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish oʻrinlari yaratish, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam koʻrsatish boʻyicha dasturlarni manzilli ishlab chiqish imkoniyati kengayadi.
Shuningdek, aholi punktlari infratuzulmasini yaxshilash, mehnat resurslaridan foydalanish va joylashtirish boʻyicha qisqa, oʻrta va uzoq muddatli prognozlar, dasturlarni ishlab chiqishda bu maʼlumotlar nihoyatda qoʻl keladi.
Bundan tashqari, migratsiya toʻgʻrisida ham aniq maʼlumotlar shakllantiriladi.
Oʻz navbatida, Respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish oʻrinlari yaratish, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam koʻrsatish boʻyicha dasturlarni manzilli ishlab chiqish imkoniyati kengayadi.
Shuningdek, aholi punktlari infratuzulmasini yaxshilash, mehnat resurslaridan foydalanish va joylashtirish boʻyicha qisqa, oʻrta va uzoq muddatli prognozlar, dasturlarni ishlab chiqishda bu maʼlumotlar nihoyatda qoʻl keladi.
Bundan tashqari, migratsiya toʻgʻrisida ham aniq maʼlumotlar shakllantiriladi.
Mamlakatimiz taraqqiyoti yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlar inson qadrini ulugʻlash, aholi daromadlarini oshirish va ularga munosib turmush sharoitlarini yaratishga qaratilgan bir paytda, aholining joriy hisobi boʻyicha mavjud maʼlumotlar aholi soni, yashash sharoiti, maʼlumoti, bandligi, yosh-jins tarkibi, millat tarkibi, Respublika hududida aholining joylashuvi va boshqa ijtimoiy-demografik oʻziga xosliklar toʻgʻrisida aniq xulosa va tahlillar qilishga yetarlicha imkoniyat bermayapti.
Amaldagi joriy hisobga koʻra, 2023-yilning 1-oktyabr holatiga viloyatimiz doimiy aholisi soni 1499,8 ming kishini tashkil etib, shundan shahar aholisi soni 703,9 ming kishini, qishloq aholisi soni 795,9 ming kishini tashkil etdi. Jami aholimizning 50,5 foizini erkaklar, 49,5 foizini esa ayollar tashkil etmoqda.
Aholini roʻyxatga olish natijasida Milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish koʻrsatkichlarini shakllantirish va monitoringini yuritish, xalqaro tashkilotlar va foydalanuvchilar tahlillari uchun keng qamrovli axborotlar manbaiga ega boʻlinadi.Aholini roʻyxatga olish orqali Oʻzbekistonning har bir manzili, hatto chekka va olis mahallayu koʻchalarigacha aloqador barcha maʼlumotlarni oʻzida aks ettirgan yagona axborot bazasiga ega boʻlamiz.
Bu qimmatli maʼlumotlar mamlakatimizning keyingi demografik va ijtimoiy siyosatini beligilash bilan bir qatorda, Respublika va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlari va dasturlarini tuzishda keng qoʻllaniladi. Shuningdek, keyingi oʻn yillikka moʻljallangan oilalarni qoʻllab-qoʻvvatlashga qaratilgan ijtimoiy dasturlarni shakllantirish, shifoxonalar, bolalar bogʻchalari, maktablar va uy-joy qurilishini rejalashtirishda keng foydalaniladi. Aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar muntazam ravishda aholini roʻyxatga olishning rasmiy veb-saytida (aholi.stat.uz) yoritib borilmoqda.Bugun biz qanday yashaganimiz va qanday imkoniyatlarga ega boʻlganimiz tarixga muhrlanib, avlodlarimiz uchun maʼnaviy meros boʻlib qoladi. Roʻyxatga olish natijalari nafaqat biz uchun, balki kelajak avlod uchun ham gʻoyat ahamiyatlidir.