Jizzax viloyati statistika boshqarmasida 2023- yil 13- dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurudagi Statistika agentligi direktorining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ahmedov Qiyomxon Elyosxonovich va Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati boshlig‘i Melikmurotov Botir Nabijonovich ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5850-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-6084- sonli Farmonlari mazmun-mohiyati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Yig‘ilish davomida kerakli ko‘nikma va tushunchalar berilib, xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.