07/12/2023

Boshqarmada 2023-yil 7-dekabr kuni o‘tkazilgan "Siyosiy-ma’rifat soati" va targ‘ibot tadbirida haftaning muhim yangiliklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.Tadbirda Konstitutsiyaning quydagi qisimlariga alohida e’tbor qaratildi: Siyosiy huquqlar, Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar boblari mazmun-mohiyati to‘g‘risida fikrlar bildirib o‘tildi. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega.Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda shakllantirish, shuningdek davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati vositasida amalga oshiriladi. Yig‘ilish so‘ngida xodimlar savollar bilan murojaat qilishdi, savollar bo‘yicha to‘liq tushunchalar berildi.