11/12/2023

Jizzax davlat pedagogika universiteti “Boshlang‘ich ta’lim” fakultetida viloyat statistika boshqarmasi tomonidan “ O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida” davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Jizzax viloyati statistika boshqarmasi xodimlari, Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari va  fakultet talabalari ishtirok etishdi.Davra suhbatida viloyat statistika boshqarmasi tomonidan aholini ro‘yxatga olishni mazmun-mohiyati, aholi soni va uning tarkibi, tugʼilganlar, vafot etganlar, tuzilgan nikohlar va nikohdan ajralganlar soni, aholining tabiiy oʼsishi boʼyicha batafsil tushunchalar berildi.Shuningdek, ishtirokchilar targʻibot ishlarini olib borishda qaysi jihatlarga e’tibor qaratish lozimligi bo‘yicha o‘zaro fikr-mulohaza almashishdi.Davra suhbati qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Talabalarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.