2023-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida aholining o‘rtacha uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi 18,5 kv.m.ni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,3 kv.m.ga oshgan.
2023- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, MDH davlatlarida aholining o‘rtacha uy-joy bilan ta’minlanish darajasi (bir nafar aholiga to‘g‘ri keladigan uy-joy maydoni):
Armaniston – 35,5 kv.m;
Moldova – 35,3 kv.m;
Belarus – 29,4 kv.m;
Rossiya – 28,2 kv.m;
Qozog‘iston – 23,4 kv.m;
Ozarbayjon – 20,1 kv.m;
Oʻzbekiston – 18,5 kv.m;
Qirgʻiz – 13,0 kv.m;
Tojikiston – 10,9 kv.m.