17/11/2023

      Boshqarmada 2023-yil 17-noyabr kuni o‘tkazilgan "Siyosiy-ma’rifat soati" va targ‘ibot tadbirida haftaning muhim yangiliklari hamda O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risidagi” qonuni va “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi” (yangi tahriri)mazmun-mohiyati to‘g‘risida tashkil etildi.

     Seminarda qonunlarning quydagi qisimlariga alohida e’tbor qaratildi: Qonunning amal qilishi rasmiy statistikani tayyorlovchilarga va undan foydalanuvchilarga, respondentlarga hamda ma’muriy ma’lumotlarni yetkazib beruvchilarga, shuningdek ular o‘rtasida yuzaga keladigan, rasmiy statistikani tayyorlash, tarqatish va muvofiqlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi.

      Qonunning amal qilishi davlat ishtirokidagi tashkilotlarga va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga nisbatan ham tatbiq etiladi. Ushbu Qonunning amal qilishi: ko‘rib chiqish tartibi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya, iqtisodiy protsessual qonunchilik va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilangan murojaatlarga;

davlat organlarining, shuningdek ular tarkibiy bo‘linmalarining o‘zaro yozishmalariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Yig‘ilish so‘ngida xodimlar savollar bilan murojaat qilishdi, savollar bo‘yicha to‘liq tushunchalar berildi.