27/10/2023

Boshqarmada 2023-yil 27-oktabr kuni o‘tkazilgan "Siyosiy-ma’rifat soati" va targ‘ibot tadbirida haftaning muhim yangiliklari hamda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-642-sonli “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonuni mazmun-mohiyati to‘g‘risida tashkil etildi.Seminarda qonunning quydagi qisimlariga alohida to‘xtalib o‘tildi: Qonunning maqsadi aholi bandligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Bandlik fuqarolarning qonunchilikda taqiqlanmagan, o‘z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qanoatlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan, ularga ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan faoliyatidir.

Fuqarolarga o‘zining ishlab chiqarishga va ijodiy mehnatga doir qobiliyatlaridan foydalanish hamda qonunchilikda taqiqlanmagan, shu jumladan haq to‘lanadigan ishni bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha mutlaq huquq tegishlidir. Yig‘ilish so‘ngida xodimlar savollar bilan murojaat qilishdi, savollar bo‘yicha to‘liq tushunchalar berildi.